🕘 Dushanba–Shanba: 9:00–18:00turtkul_akm@natlib.uz+998 (99) 954 15 35
Yangilik

Elbek(Mashriq Yunusov) hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Armug'on" mavzusida davra suhbati

Elbek(Mashriq Yunusov) hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Armug'on" mavzusida davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025-2026 yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 4-noyabrdagi 691- son qarori ijrosi yuzasidan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida 78-son maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan birgalikda Elbek(Mashriq Yunusov) hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Armug'on" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirni o‘qish zali mutaxassisi M.Karimova va bibliograf S.Karimovalar olib bordi.Ular Elbek hayoti va ijodidan kitobxonlarga ma’lumot berishdi.

Elbek 1898-yili Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanining goʻzal Xumson qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida dunyoga keldi. Uning ism-sharifi Mashriq Yunusov, “Elbek” adabiy taxallusidir. Pedagogning “Imlo masalasi”, “Boshlang‘ich maktablarda ona tili”, “Yozuv yo‘llari”, “Go‘zal yozg‘ichlar” kabi asarlarisiz ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasi fani tarixini to‘la tasavvur etish qiyin. Elbek – o‘zbek bolalar adabiyotining yaratuvchilaridan biri. U qisqa umri davomida o‘zidan yigirmadan ziyod badiiy, ilmiy-publitsistik, pedagogik asarlar qoldirdi. Atoqli pedagog, shoir, yozuvchi va folklorshunos olim Mashriq Yunusov – Elbek ijodining avj pallasiga ko‘tarilayotgan bir davrda – 1937-yilning 13-avgustida dahshatli qatag‘on mashinasi uni ham o‘z komiga tortdi. Elbek 1942-yilda sobiq sho‘ro davlatining eng chekka va eng sovuq o‘lkasi – Magadanning Kolimo jazo lagerlaridan birida o‘pka shamollashi kasaliga uchrab hayot bilan vidolashdi.Istiqlol, mustaqillik uning ruhi pokini, o‘lmas asarlarini ona xalqiga qaytardi, u tug‘ilib o‘sgan Bo‘stonliq tumanining markazi G‘azalkentda “Elbek bog‘i” majmuasi tashkil etildi, uning muhtasham haykali qad ko‘tardi. Shoirning “Armug‘on” masallar to‘plami e’lon qilindi, eng sara asarlarini o‘z ichiga olgan “Tanlangan asarlar”i ijodkorning 100 yilligi munosabati bilan 1999-yilda nashr etildi.Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob olishdi.Tadbir mazmunli va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

← Barcha yangiliklar