
To’rtko’l tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar muntazam o’tkazib boriladi.Bunday tadbirlar kutubxonaga kelayotgan yosh kitobxonlar sonini oshirishda muhim ahamiyatga ega.Bibliogfar S.Karimova kutubxonaga tashrif buyurgan bir guruh kitobxonlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirib,bibliografik sharh o’tkazmoqda.