
Bugun To'rtko'l tuman O.Xudashukurov nomidagi Madaniyat markazida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.Tadbirda To'rtko'l tuman Axborot -kutubxona markazi "Tillar ichra o'zing buyuk zabonimsan"mavzusida kitoblar ko'rgazmasi bilan qatnashdilar.Ko'rgazmaga qo'yilgan yangi kelgan O'zbek tilining izohli lug'ati,jadidlar to'plami va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi