🕘 Dushanba–Shanba: 9:00–18:00turtkul_akm@natlib.uz+998 (99) 954 15 35
Yangilik

“Vatan sizni unutmaydi”

“Vatan sizni unutmaydi”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025-2026 yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 4-noyabrdagi 691- son qarori ijrosi yuzasidan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida TGFU talabalari ishtirokida O‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, Usmon Nosir xotirasiga bag‘ishlab “Vatan sizni unutmaydi”mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Usmon Nosir hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to’lgan 25 yoshida qamalib, qatag’on qilindi. Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni o’zining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda o’tkazib, 1944 yili 32 yoshida vafot etadi.Talabalarga adibning hayoti va ijodiga oid kitoblar tanishtirilib, uning asarlarini mutolaa qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Usmon Nosir hayoti va ijodiga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar.

← Barcha yangiliklar