🕘 Dushanba–Shanba: 9:00–18:00turtkul_akm@natlib.uz+998 (99) 954 15 35
Yangilik

"Xalq uchun yashagan arbob"

"Xalq uchun yashagan arbob"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosi yuzasidan bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markaziga Toshkent Davlat iqtisodiyot instituti To'rtko'l fakulteti bir guruh talabalari tashrif buyurib,kutubxona faoliyati,kitob fondi bilan tanishdilar.Tashrif davomida talabalar taniqli adib,davlat va jamoat arbobi Sh.Rashidov tavalludi munosabati bilan tashkil qilingan "Xalq uchun yashagan arbob" mavzusidagi kitob ko'rgazmasi bilan tanishib,kutubxona mutaxassisi M.Karimova tomonidan tashkil qilingan davra suhbatida ishtirok etdilar.Davra suhbati davomida M.Karimova ishtirokchilarga SH.Rashidov hayoti,ijodi va rahbarlik yillaridagi bunyodkorlik ishlari to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi.

← Barcha yangiliklar