Kelmasang ham kutaman

Berkutay Soysal

Berkutay Soysal Turkiyaning maʼlum va mashhur yozuvchilaridan biri bo‘lib, asarlari o‘quvchilar tomonidan intiqib kutiladi hamda sevib o‘qiladi.
Yozuvchining mazkur asari o‘ziga xos jozibasi, ifoda uslubi, insonning eng nozik va nafis tuyg‘ularini taʼsirchan bayon etganligi bilan ajralib turadi.
- Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir kun kelib ketishi mumkinligi hatto tushingizga ham kirmagan insonning ortidan qo‘l silkitib qolganmisiz?
Men kelmaganni kutaman, uzoqdagi insonni sog‘inaman va azoblanganim sari yana-da ko‘proq sevaman. Men ham ketmoqchi bo‘lganlarni to‘xtatib qolishga urindim. Yo‘lini to‘sib "Meni tashlab qayerga ketmoqchisan?" deb siquvga oldim. Biroq bundan hech narsa o‘zgarmadi. Ketishga qaror qilganni to‘xtatib bo‘lmas ekan. Ehtimol, vaqtincha to‘xtatishing mumkindir, ammo baribir qo‘lingdan chiqib ketadi. Alal oqibat men ham bu haqiqatga o‘zimni moslashtirdim, o‘sha kundan boshlab tark etganlarni va sira qaytib kelmaydiganlarni kutishni boshladim. Kelmasligini bilib turib kutdim.
Kutish bu - o‘z joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yana-da mahkamroq bel bog‘ladim.
Berkutay Soysal