O'zini qidirgan odam

Xolid Ertugrul

Kitobda qalamga olingan voqealar badiiy to'qima yoki yozuvchining xayolot mahsuli emas. Hammasi hayotiy voqealardan jamlanib, kitob holiga keltirilgan. Shuning uchun bu asar hikoya yoki roman qatorida ko'rilmasligi kerak. Voqeiy hodisalardan olinib, keng kitobxonlarga taqdim etilayotgan ushbu asarni, avvalo, adabiy shoh asar deyish fikridan yiroqmiz, qolaversa, yozuvchi tomonidan didaktik bezak berilib, ta'lim-tarbiya borasida o'rgatuvchilik tomoniga katta e'tibor qaratilganini ta'kidlash kerak. Masalaga shu tomondan qaralib, hikoya yoki romanlarning adabiy o'lchamlari bilan tenglashtirilmasligi lozim.