Uzun kechalar

O‘tkir Hoshimov

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning „Dunyoning ishlari“ qissasini o‘qigansiz. Bu kitob dunyodagi eng mehribon, eng aziz inson - onalarga bag‘ishlangan go‘zal asarlardan biridir. Adibning ushbu to‘plamga kiritilgan „Laylak“, „Tamov“, „O‘zbeklar“, „Dehqonning bir tuni“ hikoyalari qahramonlari ham onalar. Yo‘q, adib onangizni asrang, tirikligida uning qadriga yeting deb nasihat qilmaydi. 
Xuddi quyosh kabi umrimizni, chiroq nuri misol qalbimizni yoritib turgan ona mehrini har doim ham payqayvermasligimizni, onani yo‘qotgandan keyingina afsus va nadomat chekishimizni yorqin misollar orqali tasvirlab beradi.
O‘ylaymizki, sizni o‘ylashga, mushohada yuritishga chorlovchi ushbu kitob ko‘ngil mulkingizdan munosib o‘rin oladi.