Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish

Stiven King

Stiven Kingning siz, aziz kitobxonlarga ona tilimizda ilk bor taqdim etilayotgan "Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish" qissada qamoqxona hayotining dahshatlari borasida so‘z yuritiladi.
"Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish" qissasi garchi Stiven King uslubiga xos bo‘lmagan noodatiy psixologik realizm yo‘nalishda yozilgan bo‘lsa-da, yozuvchining "shoh" asarlaridan biriga aylangan.
O‘ngga evrilgan dahshatli tush... Umrbod qamoq jazosiga maxkum bo‘lgan bir begunohning taqdiri; tirik qolish amrimoxol bo‘lgan yerda hayot uchun kurash; hali biron kimsa qochib qutulolmagan turmadan qochish haqidagi qissa...
Aziz o‘quvchi! Agar siz hali muallifning ijodi bilan tanish bo‘lmasangiz, ishoning, "Shoushenk..." mutolaasidan so‘ng hayotingizda evrilish naydo bo‘ladi.