Buxoriylar qissasi

Sayfiddin Jalilov

"Buxoriylar qissasi"
Sayfiddin Jalilov
Ilmiy-tarixiy publisistika janrida yozilgan ushbu kitob Saudiya Arabistonida yashayotgan o'zbek muhojirlari hayotiga bag'ishlangan. Kitobda xalqimiz tarixining muhim qismi bo'lgan muhojirat masalasi ilk marta jiddiy  tadqiq etilgan. Unda bayon etilgan muhojir o'zbeklarning o'tmishi tariximizning hanuzgacha o'rganilmagan jihatlariga oydinlik kiritadi, o'zbek ilm-fani, adabiyoti va madaniyatining yangi sahifalarini ochib beradi.