Pompeyaning so‘nggi kunlari

Eduard Bulver-Litton

Pompeyaning so‘nggi kunlari
Eduard Bulver-Litton
Ingliz tarixiy romanlar ustasi Eduard Bulver-Litton (1803-1873)ni mahorat bobida Charlz Dikkensga qiyos qiladilar. Uning kiborlari jamiyat hayotidan olib yozilgan "Pelem" (3 jildlik, 1828) asari ayniqsa katta Shuhrat qozondi. Bir vaqtlar butun dunyoni larzaga solgan fojia -Vezuviy vulqoni otilishidan qizigan kul va toshlar ostida qolib ketgan Pompeya haqidagi ushbu asar esa o'z tarixiyligi va dalillarning asosliligi bilan alohida qimmatga ega. Muallifning yana dramatik asarlarini o'z ichiga olgan "Rishele" (1839) kitobi chop etilgan. "Pompeyaning so'nggi kunlari" asari orqali o'zbek kitobxonlari bu iste'dod sohibi ijodi bilan o'zbek tilida birinchi marta  tanishmoqdamiz.