Tayyorladi: "San'at gulshani" ovoz yozish studiyasi
Shunday asarlar borki, ular inson qalbi va shuurining eng quyi qatlamlarigacha kirib borib uning o‘y-fikrlarini o‘zgartirib yuboradi. Asar ta’siridagi o‘quvchi endi olamga yozuvchi nigohining o‘zi ilg‘agan qirralari bilan qaray boshlaydi. Keyinchalik ham ko‘plab hayotiy vaziyatlar qarshisida ayni shu kitob falsafasiga suyanib xulosalar chiqaradi. Ana shunday inson ruhiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi asarlar sirasida “Jinoyat va jazo" romani o‘ziga xos o‘ringa ega.
Fyodor Mixaylovich Dostoeyvskiyning “Jinoyat va jazo" romani – yozuvchi muallifligidagi jahon adabiyotining oltin fondiga kiritilgan eng mashhur asari. Bu asar muallifning hayot sinovlari davrida yozilgan bo'lib, bugungi kungacha ham dolzarb bo'lib turgan ko'plab jiddiy muammolarni hal qiladi.