Bugungi globallashuv jarayonida ijobiy o'zgarishlar bilan bir qatorda, ayrim transmilliy jinoyatlar soni ham ko'payib boryapti. Ulardan biri odam savdosi jinoyatidir. Odam savdosi jinoyati dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan.
Hozirgi kunda ushbu jinoyat tufayli qanchadan-qancha insonlar uning domiga ilinyapti. Mamlakatimizda ham bu jinoyatga qarshi qanchalik kurash olib borilmasin, begunoh odamlarimiz uning qurboniga aylanishyapti. Muallifning ushbu to'plamida odam savdosi qurboniga aylangan ikki oilaning achchiq taqdiri haqida hikoya qilinadi.