JAHON INQIROZINING OQIBATLARINI YENGISH, MAMLAKATIMIZNI MODERNIZATSIYA QILISH VA TARAQQIY TOPGAN

Ислом Каримов

Ishonchim komilki, yurtimiz dehqonlari qishloq xo’jaligi ishlarini  samarali davom ettirib, paxta, sabzavot, poliz va boshqa ekinlardan ham  mo’l hosil yetishtirishga va bu yilgi mavsumni barcha sohalar bo’yicha  yorug’ yuz bilan yakunlashga erishadilar. Mana shunday xursandchilik kunda siz mirishkor fermerlarimizga,  o’rim-yig’imda jonbozlik ko’rsatib  mehnat qilgan mexanizatorlarga,  mutaxassis va mutasaddilarga, bugungi ulkan yutuqqa munosib hissa  qo’shgan barcha-barcha insonlarga yana bir bor chin qalbimdan samimiy  minnatdorlik izhor etaman. Lafzi halol, mard va tanti bobodehqonlarimizga  butun xalqimiz nomidan ta’zim qilaman. Xonadonlarimizdan, el-yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka  arimasin!  Mehnatingizning rohatini ko’ring, hech qachon kam bo’lmang, azizlarim! 


Islom Karimov, 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti