Dunyo adabiyotidi “Qori kitob”, “Yashil kitob" kabi tushunchalararning paydo bo‘lganiga ancha bo‘ldi. Qo‘lingizdagi “Oq kitob” shoirning hayot va tarix, inson va uning murakkab taqdiri, azobu iztiroblari, yengilish va evrilishlari, uruj va xurujlari, umuman, odam bolasiga xos bo‘lgan tirik va rost mavzularning she'riy va nasariy talqinidir. Hayotning asosiy yetti rangi o‘z qatlarida yetmish ming sir-asrorni asraydi. Hamma gap ana shu sir-asrort kashf etishda va bu kashshoflik Haqiqatga nechog'li bog'liqligidadir. Binobarin, yolg'on insoniyatning musibati ekanini tan olmoq fursati yetdi.