Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea –
O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini
nishonlamoqdamiz.
Ana shu buyuk sana bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib
kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram
bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni, sizlarning
timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta
baxtdir.
Men ishonaman – asrlar, zamonlar o‘tar. Ammo barchamizga
o‘zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmatimizni, o‘z
yurtimizga egalik qilish huquqini, tilimiz, muqaddas dinimizni,
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom
Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib, abadiy saqlanib qolajak.
Qadrli yurtdoshlarim!
O‘z-o‘zidan ayonki, kishilik tarixida, dunyo xaritasida davlatlar
shakllanishida yigirma bir yil juda qisqa muddatdir. Lekin O‘zbekistonimiz
shu davr mobaynida, hech shubhasiz, yuz yillarga teng bo‘lgan masofani
bosib o‘tdi.
Biz eski mustabid tuzum, uning asoratlari va mafkurasidan butunlay
voz kechib, tobelik va qaramlik davriga barham berib, kechagi nochor,
o‘zini o‘zi boqishga kuchi yetmagan o‘lkadan bugun o‘zining kuch-qudrati
va salohiyatiga tayangan, o‘z sarhadlari, xalqining tinch va osuda hayotini
himoyalashga qodir bo‘lgan, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin
egallagan, tez va barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgan mustaqil va
suveren davlatlar qatoriga ko‘tarilganimizni yaqqol namoyon etmoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company