Avvalo, dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqand shahrida, mana shu muhtasham Registon maydonida to‘planib turgan siz, aziz “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarini qutlashga, barcha-barchangizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromimni bildirishga ruxsat bergaysiz. Bugungi musiqa va san’at forumida qatnashayotgan yuksak martabali mehmonlarimizga – YUNESKO Bosh direktori Irina Bokova xonimga, Xalqaro madaniyat va san’at uyushmasi bosh kotibi Kuo Li Min xonimga, Xalqaro folklor ijodiyoti tashkiloti bosh kotibi janob Mun Xyung Sukka, Osiyo xalqaro san’at festivallari uyushmasi raisi janob Chen Shenglayga, Koreya Respublikasi Prezidentining madaniyat va san’at siyosati
masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Xyung Van Li va boshqa qadrli do‘stlarimizga o‘zimning chuqur hurmat va tashakkurimni izhor etaman. Festivalimizda xalqaro miqyosda keng tanilgan mashhur musiqa arboblari – Marokashdagi “Timitar” xalqaro musiqa festivali rahbari janob Braxim El Mazned, Yapon musiqa assotsiatsiyasi prezidenti janob Kavase Tadasuke, shuningdek, Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri janob doktor Said Mahdum Raxin, Kuala-Lumpur shahri meri janob Datuk Ahmad Feysal Tolib qatnashayotgani bizning anjumanimizga alohida e’tirof va nufuz bag‘ishlaydi. Xalqaro festivalimizda yana bir hurmatli mehmonimiz – Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining a’zosi, taniqli siyosatchi janob Jeyms Patrik Moranning ishtirok etayotgani barchamizga katta mamnuniyat yetkazadi. Shu fursatdan foydalanib, bugun musiqa bayramimizda hozir bo‘lgan xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi muhtaram elchilari va vakillarini qutlashni istardim. Bugun biz jahonning 52 ta davlatidan kelgan siz, aziz mehmonlarimizni sharqona ehtirom bilan “Xush kelibsiz azim Samarqand zaminiga, xush kelibsiz mehmondo‘st O‘zbekistonimizga!” deb kutib olamiz.
Hurmatli do‘stlar!
Bugun biz “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini yurtimizda to‘qqizinchi bor o‘tkazmoqdamiz. Har safar navbatdagi festivalni o‘tkazar ekanmiz, mazkur anjumanni dunyoning eng ko‘hna shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandda o‘tkazish haqida YuNESKO tomonidan qo‘llabquvvatlangan qarorimiz naqadar to‘g‘ri bo‘lganiga takror va takror ishonch hosil qilamiz. Asrlar davomida umumbashariy madaniyat va sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lib kelayotgan, afsonaviy Sharq timsoli, o‘zining yetti iqlimga mashhur me’moriy obidalari, buyuk salohiyati, go‘zal va so‘lim tabiati bilan har qanday odamni o‘ziga maftun etadigan bu tarixiy shahar eng yuksak xalqaro anjumanlarni o‘zida qabul qilishga har tomonlama munosibdir.
PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “SHARQ
TARONALARI” TO‘QQIZINCHI XALQARO MUSIQA
FESTIVALINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN
TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company