ERISHGAN MARRALAR BILAN CHEGARALANMASDAN, BOSHLAGAN ISLOHOTLARIMIZNI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH

Ислом Каримов

  Bugungi kunda boshimizni baland ko‘tarib, g‘urur va 
iftixor  bilan  yashashga  imkon  beradigan  bunday  bebaho  boylikni 
qo‘ldan  chiqarmasdan,  yoshlarimizga  ham  yetkazsak,  ularning  ongi 
va  qalbiga  chuqur  singdirsak,  aziz  farzandlarimizni  milliy  va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida barkamol insonlar etib tarbiyalasak, 
hech shubhasiz, ertangi kun, kelajak biznikidir.