Isajon Sultonning ushbu to'plamidan joy olgan qissasi o‘zbek onalarining mangu ta'zimga sazovor insoniy fazilatlari, ruhiyati haqida. Asar oddiy o‘zbek oilasida dunyoga kelgan qizaloqning bolalik davridagi begubor uy-xayolari, taassurotlarining betakror bayoni bilan boshlanadi. Tevarakni qay tarzda idrok qilib borishi, xalqimiz oilalarida asrlar mobaynida qat'iy amal qilib kelinayotgan muhtasham an'analari ta'sirida voyaga yetib, turmush ostonasiga qadam qo‘yishi, oilam, ro‘zgorim deya butun umrini, orzu-xayollarini farzandlariga fido qilib yuboradigan mushfiq va aziz ona- izorga aylanishi o‘ziga xos tarzda tasvirlanadi, turli-tuman umid va armonlari, quvonch va tashvishlari aro g‘oyatda pok va musaffo bir umrni yashab o‘tishi haqida hikoya qilinadi. Bir insonning dunyoga kelishidan to keksaygunigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan mazkur qissa mushfik o‘zbek onalariga bag'ishlangan mehru muhabbat madhiyasi misoli o‘qiladi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company