"Parvoz"

Bibi robia Saidova

“Birinchi kitobim” ruknida chop etila­yotgan kitoblar yurtimiz adabiy hayotida muhim voqelikka aylandi. Ayni shu xayrli amal tufayli o‘nlab yosh qalamkashlarning to‘plamlari keng o‘quvchilar ommasiga yetib bordi va bugun o‘z aks­sadosini be­rayotir. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi to­monidan har yili o‘tkazib kelinayotgan res­publika yosh ijodkorlar seminarida o‘nlab yangi nomlar, yosh iste’dodlar kashf etilmoq­da. She’riyat, nasr, dramaturgiya, publisisti­ka, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik ka­bi qator janrlarda muvaffaqiyat bilan qalam 
tebratayotgan yosh ijodkorlarning eng yaxshi asarlari muttasil nashr etib kelinmoqda. Jumladan, 2013­yilda Do‘rmon ijod uyida bo‘lib o‘tgan yosh ijodkorlar seminarida ham ana shunday qo‘lyozmalar saralab olindi  va ular jajji kitoblar – mo‘jaz mo‘jizalar sifatida siz muhtaram kitobxonlar hukmiga havola  qilinmoqda. Bu ruknda nashr etilayotgan kitoblar adabiyotga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning samarasidir. O‘ylaymizki, ya­ratilgan  bu  imkoniyatlar  yosh  ijod kor larning baland parvozlariga zamin vazifasini o‘taydi.