„Ulugʻbek xazinasi“

Odil Yoqubov

„Ulugʻbek xazinasi“ — oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman. Asarda temuriy hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbek hayoti yoritilgan. Asar Yoqubovning eng sara asari hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.

Roman ilk marotabada 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻn martadan oshiq, jumladan, 1980- 1986- (Yoqubovning uch jildi tanlangan asarlar toʻplamida) va 1994-yillarda qayta nashr qilingan. Shuningdek, roman bir necha tilga tarjima qilingan. 1976-yil romanning Yu. Surovsev muallif bilan hamkorlikda oʻgirgan ruscha tarjimasi Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan. Ayni tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti qayta chop etilgan. Ruscha tarjima, shuningdek, 1981va 1982 yillarda „Progress“ nashriyotida chop etilgan. Bundan tashqari, ruscha tarjima 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida Yoqubovning povestlari bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan.