Shohnoma

Abulqosim Firdavsiyi Tusiy

Abulqosim Firdavsiyi Tusiy (forschaفردوسی, taxminan 934—yilda Tus hozirda Firdavs shoirning nomi bilan atalgan shahrida tavallud topgan — 1030—yilda vafod etgan) — forstojik shoiri va mutafakkiri.

Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur oʻrgangan. Oʻz davrining qomusiy olimi boʻlib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulugʻlashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. F. yoshligidanoq sheʼrlar mashq qila boshlagan.