Javohir

Jon Steynbek

Adibning “Javohir” qissasi jamiyatdagi ijtimoiyliklarni aks ettiruvchi haroratli rivoyat-qissadir. Bu asarning yozilishiga Steynbekning Meksika g’arbiy sohillariga ikki oylik sayohatidan olgan taassurotlari sabab bo‘ldi. Unda ma’naviyat unutilib, pul, boylik mohiyati bilan inson mohiyati qorishib ketgan jamiyatda kechgan fojiali voqealar haqida hikoya qilinadi. Jahon adabiyotining ajoyib durdonalaridan biri sanalgan ushbu dramatik qissa o‘zbek kitobxonlariga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.