Zamonlar osha sayohat va unda texnologiyadan foydalanish g‘oyasi badiiy adabiyotga birinchilardan bo‘lib Xerbert Uellsning «Vaqt mashinasi» ilmiy-fantastik asari orqali kirib kelgan. Mazkur asarda Zamonlararo sayohatchi olis kelajakka yo‘l oladi. U o‘ziga xos antiutopiya ilmiy taraqqiyot va ijtimoiy tengsizlik insoniyat tanazzuliga olib kelgan davrga tushib qolgandi. Muallif sayohatchining boshdan kechirgan kutilmagan va shiddatli voqealar tafsilotlarini uning nomidan bayon etadi. Sayohatchi o‘zi tushib qolgan insoniyatning yangi jamiyatini - odamlar ishlamasdan rohat farog‘atda, o‘yin-kulgi bilan kun kechiradigan, yuqumli kasalliklar ustidan mutlaq g‘alaba qozonilgan turmush tarzini o‘rganishga kirishadi. Yer yuzida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot to‘xtab qolgan va insoniyat mutlaq dam olish holatida, degan dastlabki xulosalarga keladi. Asar kutilmagan voqealarga boy, qisqacha aytganda, «Vaqt mashinasi» bilan sarguzashtli mutolaa onlarini boshdan kechirasiz.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company