✍️ Ulug‘bek Hamdam
???? Muhabbat! Sevib-sevilmagan, kamida chinakamiga sevmagan kishi bu asardan zavq ololmaydi. Shunchaki, sevgi haqida sal bo'rttirilgan chiroyli asar, deb qo'ya qoladi. O'zligini anglash yo'lidagi har bir insonda kamida bir marta kuchli ruhiy inqiroz davri bo'ladi. (Kimsan Tolstoyda ham yoshlik, ham keksalik davrida bo'lgan). Shunda savollar tug'iladi: men kimman? Bu dunyoga nima uchun keldim? Hayotning ma'nosi nima? Qayerdan keldim? Qayerga ketaman? Ruh bormi? O'lgandan keyin ruh yashaydimi? U dunyo bormi?
Chin dildan, sevgan odamda bu savollar paydo bo'lmaydi. Uning hayotdan ma'nosi bor, u boshqa ma'no izlamaydi. Kimlardir aytishi mumkin, faqat Allohni sevinglar deb. Lekin har holda Xudo Momo havoni faqat ko'payish uchun yaratib qo'ymagandir. Bir ilohiylik inson va inson o'rtasidagi sevgida ham bordir. Bu asar shunday ilohiy muhabbat haqida.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company