"Isyon va itoat"

Ulug‘bek Hamdam

Ulug‘bek Hamdamning - "Isyon va itoat" romani kitobxonlarda, ham olim-u adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Roman eʻtiqod va iymon masalalariga bagʻishlangan boʻlib, asar qaxramonlari tiriklik mantigʻi va ruh halovatini har ikki dunyo toʻgʻrisidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi. Romanda dunyoning yaratilishi toʻgʻrisidagi rivoyatlar zamondosh insonning hayoti bilan mantiqiy uygʻunlashtiriladi. Roman professor tarjimon N. Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, alohida kitob holida chop etilgan. Roman zamonamiz kishisining ma’naviy-axloqiy qiyofasini inson va uning taqdirga munosabati fonida badiiy talqin qilishga ham qaratilgan. Chindan ham asarda bosh qahramon Akbarning taqdir va Xudoga isyoni, ammo uzoq izlanish va mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan. Aslini olganda - "Isyon va itoat" intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman - yengil o’qilmaydi.