Zafarnoma — Amir Temur davlati tarixiga bagʻishlab yozilgan asar.
Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirigʻi asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401—02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va Ozarbayjonda yetti yillik yurishdan Samarqandga qaytayotgan Amir Temurga taqdim etilgan. Bundan keyingi sohibqiron vafotigacha kechgan voqealar keyinroq Hofizi Abru tomonidan yozib ilova qilingan. "Z."ni yozishda Amir Temurning munshiy va kotiblari ham nazm, ham nayerda forsiy va turkiy tillarda yozgan maʼlumotlar, muallifning 1400— 04 yillar davomida sohibqiron yurishlarida boʻlib, oʻzi koʻrganbilganlari, Hindiston yurishi voqealari qismining bayoni uchun Gʻiyosiddin Alining "Roʻznomai gʻazavoti Hindiston" (Hindistonga yurish kundaligi") asari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. "3." tarixiy asar sifatida 14—15-asr boshida Amir Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Oʻrta Osiyo, Oltin "Zafarnoma"ning oʻzbek tilidagi nashri muqovasi
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company