Hazrat Sohibqiron

Xakim Sattoriy

Amir Temurning zamondoshi muarrih Hofizi Abru yozishicha: “...hazrat Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi». Aytib oʻtish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va bunyodkorlar ) ijod qilish uchun qayerda qulay sharoit boʻlsa, shu tomonga talpinib yashagan.