Sohibqiron

Abdulla Oripov

Sohibqiron —1996-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, Sohibqiron Amir Temur hayotiga bagʻishlangan sheriy drama. Amir Temur — jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslardan biri. Uning hayot yoʻli bir tekis kechmagan. Taqdirning turfa zarbalariga munosib dosh berolganligi uchun ham shunday ulugʻ maqomga erishgan. Abdulla Oripov qalamiga mansub „Sohibqiron“ sheʼriy dramasida Amir Temurning murakkab umr yoʻli haqqoniy boʻyoqlarda ochib berilgan.

Sohibqiron sheriy dramasi 2016-yilda „Akademnashr“ nashriyoti tomonidan 136 betli qattiq muqovada, 2019-yilda „Yangi nashr“ nashriyoti tomonidan 91 betli yumshoq muqovada 10 000 nusxada nashr etilgan.