“Otamdan qolgan dalalar” – ramziy roman. Unda muallif butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barokot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul obrazi timsolida badiiy talqin etadi.
“Otamdan qolgan dalalar” romani 1994- yilda Sharq nishriyot-matbaa konsernining bosh taxririyati tomonidan 75000 nusxada chop etilgan. Romanda qayd qilinishicha muallif uni 1986-1991- yillar oralig‘ida yozib tugallagan. Kitobning ilk sahifasidagi bag‘ishlovda muallif tilidan qayd qilingan tubandagi yozuvni o‘qiymiz: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O‘zbekiston uchun bitdim”. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lgan BMTga qabul qilingan. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, 1991- yil roman qo‘lyozmasining yozib tugallangan sanasini anglatadi. Romanning umumiy hajmi 263 sahifadan iborat. U o‘nta bob va 273 ta turli hajmdagi fasllardan tarkib topgan. Shuningdek, asarga “Men” sarlavhasi ostida muallifning hayot va ijod yo‘li haqidagi o‘ziga xos ma’lumotnomasi ham ilova qilingan.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company