“Qutadg'u bilig"

Yusuf Xos Hojib

„QUTADGʻU BILIG“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“) — Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069—70 yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar beri-shicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan. Chin (Shimoliy xitoy)liklar uni „Adab ul-muluk“ („Hukmdorlar odobi“), mochin (Janubiy xitoy)liklar „Oyin ul-mamlakat“ („Hukmdorlik qonun-qoidalari“), Sharqiy xitoyliklar „Ziynat ulumaro“ („Hukmdorlar ziynati“), eronliklar „Shohnoma“i turkiy ("Turkiy „Shohnoma“), baʼzilar „Pandnomai muluk“ („Hukmdorlar pandnomasi“), turonliklar esa „Qutadgʻu bilig“ deb ataganlar.