Yolg'izlik

Улуғбек Ҳамдам

"… ijodkor o‘z yuragining pokligiga ahamiyat bermog‘i, binobarin, o‘z qalbining bir umrlik sadoqatli qo‘riqchisiga aylanmog‘i shart. Qorayib ketgan yurak bilan nafaqat zo‘r, balki miyona asar yozish ham mushkul. Yozish san‘atinining ko‘pdan-ko‘p siru-asrori tagiga yetgan, tizgan satrlarida nainki stilistik, balki bironta orfografik xato uchramaydigan ijodkorlarimiz bor. San‘atlariga tasanno deymiz, lekin ne yoziqki, ularning aksariyatida mazmun to‘piqqa ham chiqmaydi, asardan vulqondek otilib chiqib, o‘quvchi yuragiga to‘g‘ri borib uriladigan badiiy zarb yo‘q, xuddi qishda tumanlar aro xira ko‘rinib turgan quyoshdek taftsiz, nursiz…"