Muvaffaqiyat kaliti“ yoki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida. Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati. Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ — amerikalik psixolog Dale Carnegie qalamiga mansub „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (ingl. How to Win Friends and Influence People), „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (ingl. How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking), „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ (ingl. How to Stop Worrying and Start Living) kitoblarini oʻzida jamlagan toʻplam. Toʻplam rus tiliga 1990-yillar boshida tarjima qilingan va tez orada keng shuhrat qozongan. Asar rus tilida bir necha nashriyot tomonidan bir necha marta nashr qilingan. Ruscha toʻplamga uch kitob kiritilgan boʻlsa-da, ayrim hollarda uning nomi shunchaki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (rus. Как завоевать друзей и оказывать влияние на людей) deb yuritiladi. Toʻplamga kiritilgan kitoblar oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. „Muvaffaqiyat kaliti“ toʻplamini oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 2010-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company