Konfutsiy (xitoycha 孔子, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va siyosiy arbob boʻlgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Vyetnam halqlarining oʻy-fikri va hayotiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.
Konfutsiy kambagʻallashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tugʻilgan. 22 yoshida taʼlim berish bilan shugʻullanib, Xitoyning eng mashhur oʻqituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy oʻzi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot oʻqitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor boʻlib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli oʻlkalariga boradi, biroq u joylarda oʻz gʻoyalarini qoʻllay olmagach, miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Taʼlim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — „Shudzin“, „Shidzin“, „Idzin“, „Yuedzin“ va „Lidzi“ni toʻplash, tahrir qilish, tarqatish bilan shugʻullanadi. Konfutsiy taʼlimoti uning „Lun yuy“ („Suhbatlar va mulohazalar“) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy oʻzi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh boʻlib qolgan
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company