"Kitobsevar millat" shiori ostida VI Respublika "Кitobxonlik haftaligi" ochilish uchun start oldi. Shu munosabat bilan Toʻrtkoʻl tuman Axborot-kutubxona markazi binosi oldida "Kitobxonlik haftaligi"ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Respublika Qoraqalpog'istоn Jo'qarg'i Kengesi deputati J.Settiyev , Davlat tili masalalari boʻyicha tuman hokimi maslahatchisi G.Nazarova , Kitobxon onalar klubi aʼzosi va madaniyat xodimi Allashova Z, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston yozuvchilar uyushmasi a'zolari Q. Yunusova , O' Nurullayeva qatnashdilar. Tadbir davomida 16-21-30- va 40-son umumta'lim maktab o'quvchilari oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan tadbirga koʻtarinki kayfiyat ulashishdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company