Ijodkor ayollar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Tumanda xotin-qizlarning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida samimiy va ko‘tarinki ruhdagi uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida shoiralarimiz o‘zlarining mazmunli hayot va ijod yo‘llari,qiziqarli hikoyalari hamda diltorar she’rlari bilan davraga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar.Yosh ijodkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib,soha mutaxassislaridan zarur tavsiya va mahorat saboqlarini egalladilar.Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari,Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I. Jumaboyeva, el suygan ijodkorlar — B. Abdullayeva,Sh. Razzakova,To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi "Fondlarni to'ldirish,saqlash va qayta ishlov berish xizmati" xizmat rahbari,shoira M. Yusupovalar hamda adabiyotga mehr qo‘ygan,ijodkor qizlar ishtirok etdilar.Tadbir yakunida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirishga hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company