"Kitob-mening eng yaqin do'stim" mavzusida suhbat

Bugun "Payshanba-yoshlar kuni" munosabati bilan oromgohga tashrif davomida markazning "Fondlarni to'ldirish,saqlash va ularga ishlov berish" xizmati rahbari,shoira M.Yusupova oromgoh tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, ular bilan "Kitob-mening eng yaqin do'stim" mavzusida suhbatlashdi. Suhbat davomida M.Yusupova kelajak hayotda va uni qurishda har bir inson hayotida mutolaaning o'rni va hayot yo'llarida kitob insonning eng yaqin ,sodiq do'sti ekanligini alohida ta'kidlab,oromgoh tarbiyalanuvchilari orasida eng faol kitobxon tarbiyalanuvchilariga esdalik sovg'alarni topshirdi.