Bugun To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazida VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning ikkinchi kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Toir Ro‘ziboevning "Sabr qanoti" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimotni kutubxona mutaxassisi, shoira Munavvara Yusupova olib bordi.Taqdimotda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Q.Yunusova,"To‘rtko‘lnoma" gazetasi muharriri, shoira O‘g‘iljon Nurullayeva, shoirning ustozlari, kursdoshlari, sinfdoshlari va hamkasblari ishtirok etdilar. Tadbirda qatnashganlar muallifni bu 6-kitobi va yozuvchilar uyushmasiga o‘tganligi bilan qizg‘in tabriklashdi. Taqdimotda she'rlar yod aytildi. Muallif o‘zining kitoblaridan kutubxonaga va boshqalarga sovg‘a qildi. O‘z navbatida kutubxona markazi direktori U.Matniyazov muallifga "Tashakkurnoma" berdi. Tadbir qiziqarli o‘tdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company