"Men yoqtirgan ertak qahramoni" mavzusida viktorina o'yini

13-iyul kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bolalarning yozgi dam olishini yanada maroqli o'tkazishlari uchun "Oq kabutar" yozgi bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurib, oromgoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida"Men yoqtirgan ertak qahramoni" mavzusida viktorina o'yinini tashkil qilishdi.Ushbu viktorina kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan qiziqarli savollar asosida tashkil qilinib,bellashuvda ishtirok etgan faol tarbiyalanuvchilar o'yin oxirida kutubxona xodimlari tomonidan "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandilar.Bolajonlar o'rtasida tashkil qilinadigan bunday qiziqarli o'yinlar bolajonlarning bilimlarini yanada charxlashga xizmat qilib qolmay oromgoh tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishda hamda ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.