"Kitob bilan chiniq,sport bilan yashna" mavzusida

Bugun To'rtko'l tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Oq kabutar" yozgi sog'lomlashtirish oromgoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida oromgoh sog’lomlashtirish maydonchalarida "Kitob bilan chiniq,sport bilan yashna" mavzusida sog'lomlashtirish tadbirlari o'tkazildi.Tadbir davomida oromgoh dam oluvchilari,oromgoh hamda kutubxona xodimlari sportning bir qancha turlarida kuch sinashdilar.Tadbir davomidagi jismoniy va aqliy faollik barchaga ruhiy tetiklik baxsh etdi va tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.