O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025-2026 yillarda mamlakatimizda qatog‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 4-noyabrdagi 691- son qarori ijrosi yuzasidan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida o’zbek adabiyotining atoqli adiblaridan biri Said Axmad hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Sabru-sadoqat" mavzusida kitob ko'rgazmasi bilan kitobxonlarni tanishtirib borildi.Said Ahmad sho’roning mastabid tuzumi davrida, qaqshatqich qirg’in qilichini qayrab turgan murakkab bir zamonda ijod qildi, o’zbekning oriyatidan, insoniy fazilatlaridan so’z ochdi. O’tgan asrning 50 yillarida Said Ahmad qatag’on davrining ikkinchi to’lqini vaqtida “aksilsho’roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g’oyalar targ’ibotchisi” sifatida ayblanib 25 yilga qamaladi. Said Ahmad Qozog’istonning Qaraganda viloyati Jezqozg’on lagerida 4 yil qamoqda o’tiradi. Stalinning o’limidan so’ng, “aybi yumshatiladi” va ozod qilinadi. Qamoq davri ko’rgiliklari va fojealarini adib uzoq yillar xotirlashni aslo xohlamaydi. Eslash esa o’sha muhitga qaytadan qaytish va ruhiy iztiroblar ummoniga sho’ng’ishdek gap edi. Ammo mustaqillik davriga kelib, adib o’sha mahbuslar lageri turmushini tasvirlagan “Borsa kelmas darvozasi”, “Sarob”, “Oftob oyim”, “Qaroko’z majnun” kabi hikoyalarini e’lon qildi. Bu marvarid shodalari “qo’rquv saltanati” oradan ko’tarilgandan keyingina qog’ozga tushdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company