"Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.

To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida har oyning 17-sanasida muntazam ravishda "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan tadbirda kutubxonamizga tashrif buyurgan 78-son maktabi kutubxonachisi N.Xadjiyeva ishtirok qildilar.Tadbirda kitobxon ona N.Xadjiyeva "Farzandlar ko'pincha ota-onasiga qarab o'rganadilar.Agar ona kitob o'qishni yaxshi ko'rsa,bolalar ham kitobga qiziqa boshlaydilar.Ona farzandlariga kitobni asrashni, uni hurmat qilishni va undan to'gri foydalanishni o'rgatadi.Men ham kitob o'qishni yaxshi ko'raman.Chunki kitoblar bizga yangi bilimlar beradi va orzularimizga erishishimizga yordam beradi.Kitobxon ona bor oilada ilmga,tarbiyaga va mehrga alohida e'tibor beriladi.Menimcha,har bir oilada kitob o'qishga alohida e'tibor berilishi kerak.Ota-onalar farzandlariga kitob sovg'a qilishlari va ular bilan birgalikda kitob o'qishlari lozim.Shunda bolalarda yoshligidan kitobga mehr uyg'onadi" deb o'z fikrini bildirdi.