1989- yil 21 -oktyabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu kun xalqimiz tarixida unutilmas sana bo’lib qoldi. To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi o'quv zalida MMTBga qarashli 78-son maktabi o'quvchilari va o'qituvchilari,davlat tili masalalari bo'yicha tuman xokimi maslahatchisi G.Nazarova bilan birgalikda "Tillar ichra o'zing buyuk zabonimsan"mavzusida tadbir o'tkazildi.Tadbirda G.Nazarova va 78-son ona tili va adabiyoti o'qituvchisi S.Tajibayevalar so'zga chiqib tilimizning naqadar go'zalligi va boyligi haqida kitobxonlarga gapirib,albatta chet tillarini o’rganish juda foydali,lekin o’z ona tilimizni unutmasligimiz,gapirayotganda boshqa tillarni aralashtirib gapirmaslik, ona tilimizning sofligini saqlashga harakat qilishimiz kerak.Buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy o’zining boy ijodi bilan tilimizning go’zalligi va imkoniyatlarini butun dunyoga namoyon etgan. Uning asarlari bizga ma’naviy boylik, ezgulik va insonparvarlikni o’rgatadi.Ona tilimizni asrash — tariximizni asrashdir. Uni rivojlantirish esa kelajagimizga qo’shilgan ulkan hissadir,deb aytib o'tdilar.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company