2021.08.21 To'rtko'l AKM "Umumxalq xayriya hashari"

Hukumat farmoyishiga (455–F, 12.08.2021 y.) asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.

2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi hamda "21-avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari" kuni etib belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 21-avgust kuni To’rtko’l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan hashar o'tkazildi. Hasharda axborot-kutubxona markazining barcha hodimlari faol qatnashishdi.