Bugun 30.08.2021 kuni To'rtko'l tuman axborot-kutubxon markazida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida adabiy badiiy kecha bo'lib o'tdi. Unda To'rtko'llik 40 nafar ijodkorning "Muborak lahzalar yoki Qirqqiz dovrug'i" nomli yangi kitobi nashriyotdan chiqishi munosabati bilan kitob taqdimoti va ijodiy suhbat bo'lib o'tdi. "To'rtko'l adabiy muhiti" haqida O'g'iljon Nurullayeva, "Dur axtarib" mavzusida Islom Bobojanov so'zga chiqib kitobning yosh ijodkorlar hayotida muhim ko'rsatkich ekanligini, umuman kitobning afzalliklari haqida to'xatlib o'tishdi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi to'rtko'l tuman bo'linmasidan Sanjar Karimov kelib ustoz va murabbiylarga tashakkurnomalar berdi. Adabiy badiiy kechaning 2-qismida Klub a'zolarining vatan haqidagi she'rlaridan muhokamsi bo'lib o'tdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company