"1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni " bayrami hamda 21- oktabr o‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida olib borilayotgan ma'naviy- ma'rifiy tadbirlarning debochasi sifatida bugun tuman axborot kutubxona markazining o‘quv zalida "Sen millat g‘ururisan, ona tilim " mavzusida adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘limi rahbari Jonibek Settiyev, 29-son umumta'lim o‘rta maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Muqaddas Hamroyeva shuningdek axborot kutubxona markazi direktori Umrbek Matniyozov hamda kutubxona xizmat rahbari , shu kutubxona qoshida tashkil etilgan "Onajonim she'riyat " klubi rahbari Munavvara Yusupova ishtirok etdilar. Kechani J. Settiyev kirish sozi bilan ochdi va quyidagilarga to‘xtaldi. "Mana indinga ustoz va murabbiylar kuni bayrami. Ustoz va murabbiylarimizni qanchalik qadrlasak shuncha oz. Chunki ularning mehnatidan vatan atalmish bog‘ning xushbo‘y iforlari tarqaladi. Millat atalmish ulug‘ saodatning g‘urur atalmish tog‘lari bo‘y ko‘rsatadi. SHu munosabat bilan avvalo ustoz va murabbiylarimizni chin dildan Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi tuman bo‘limi, ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan qutlayman" So‘ngra notiq kechada ishtirok etayotgan U. Matniyazov, M. Yusupova, M. Hamroyevalarga tashakkurnoma va sovg‘a berdi. SHundan keyin M.Hamroyeva "Ona tilim-iftixorim" mavzusidagi ma'ruzasi maroq bilan tinglandi. SHoiraning ona tiliga bag‘ishlangan she'ri shtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi. SHundan so‘ng "Onajonim she'riyat " klubi a'zolari o‘zlarining ijod namunalaridan yod aytib berishdi. Bir so‘z bilan aytganda adabiyot bayrami-ma'naviyat bayramining nerizida yosh ijodkor qizlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbati namoyon bo‘ldi. Yaqinginada shu ijodkor qizlarning "Muborak lahzalar yoxud qirq qiz dovrug‘i" to‘plami dunyo yuzini ko‘rgan edi. Bugungi bayram esa ushbu ijodkor qizlarning tilimizga minnatdorchilik tuyg‘ularini tarannum etgan dil satrlari bilan ifodalandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qizlar nafis harakatlari bilan raqsga ham tushishdi. Kecha hammada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company