Baxt va muhabbat kuychisi

Baxt va muhabbat kuychisi

Bugun To‘rtko‘l tuman ko‘p tarmoqli texnikumining faollar zalida texnikum jamoasi hamda To‘rtko‘l Axborot kutubxona markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda vafo va sadoqat kuychisi, o‘zbek ayollarining tipik vakilasi bo‘lgan Zulfiyaxonim Isroilovaning 107 yillik tavallud ayyomiga "Baxt va muhabbat kuychisi” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi yetakchi mutaxassisi X.Ibadullayeva, tuman otinoyisi N.Matniyazova,  O‘zbekiston va Qoraqalpoqiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi M. Yusupova qatnashib, ishtirokchilarni bugungi bayram bilan muborakbod qilishdi.
Kechada texnikum talabalari Zulfiyaxonim she'rlaridan ifodali yod aytishdi, bahor haqida qo‘shiqlar aytib, raqs tushishdi. Sahna ko‘rinishi tayyorlab tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi. Bu esa tirishqoq va tashabbuskor talabalarning Zulfiyaxonimga, tabiatga,  baxt va bahor bayramlariga bo`lgan hurmatining cheksiz ifodasi bo‘lib yuraklarga muhrlandi.