’’Taqdir sinovida yengilmaganlar’’

To’rtko’l tuman Axborot kutubxona markazida ’’Taqdir sinovida yengilmaganlar’’rukni asosida har hafta tadbirlar o’tkazilmoqda. Imkoniyati cheklangan kitobxonlarning xonadonlariga borib, kutubxona xizmati ko’rsatish yo’lga qo’yilgan.

2022 yil 26 fevral kuni To’rtko’l AKM mutaxassisi M.Karimova Toshkent MFYda yashovchi Subxangulovlar xonadoniga tashrif buyurib, imkoniyati cheklangan nafaqadagi kitobxonlarga kitob eltib berdi. Ana shu jarayondan fotolavhalar.