O'zbekiston xalq Qahramoni

O'zbekiston xalq Qahramoni, O'zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi, xalq shoiri A.Oripov tavalludiga bag'ishlab tadbirlar o'tkazish davom etmoqda. 28-mart kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'qish zalida "Faqat ojiz qalamim manim, O'zbekiston Vatanim manim" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va shoirning she'rlaridan namunalar o'qildi.