"Kitob-ma’naviyat quyoshi"

Bugun Otajon Xudoyshukurov nomli madaniyat saroyining tadbirlar zalida tuman ko’zi ojizlar kutubxonasi va tuman madaniyat bo’limi kutubxonasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Kitob-ma’naviyat quyoshi" mavzusida adabiy badiiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirda ko’zi ojiz kutubxona kitobxonlari, madaniyat xodimlari tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari va "Onajonim-she’riyat" klubi a’zolari hamda tuman XTBga qarashli 16-son maktabning kitobxon  o’quvchilari qatnashdi. Tadbirni tuman Madaniyat Bo’limi rahbari Bormat Durdiyev ochib berdi. Shundan so’ng Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi To’rtko’l bo’linmasi rahbari Jonibek Settiyev, To’rtko’l tuman Axborot kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish хizmati rahbari Munavvara Yusupova mazkur kitobxonlik haftaligining mazmun va mohiyati haqida kengdan sharh va tushunchalar berib o’tishdi. To’rtko’l Axborot kutubxona markazi qoshida tashkil topgan "Onajonim-she’riyat" klubi a’zolarining o’zlari yozgan she’rlaridan ifodali o’qishi ishtirokchilarning olqishlariga sazovor bo’ldi. Tadbirning eng  ta’sirli joyi shundaki ko’zi ojiz kitobxonlardan Rahimova Nilufar  Ahad Qayum she’rlaridan yod aytib, Xorazm xalq qo’shiqlaridan ijro qilib berdi. Tadbir, ishtirokchilarda kitobga nisbatan shak-shubhasiz katta mehr va muhabbatni his qildirdi.